
Kavani ertaga shartnoma imzolash uchun Madridga keladi
Madridning “Atletiko” klubi PSJ forvardi Edinson Kavanining transferi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
ESPN tarqatgan xabarga qaraganda klublar o‘zaro kelishuvga erishishga juda yaqin turishibdi. Unga ko‘ra “matraschilar” 33 yoshli urugvaylik futbolchi uchun 18 mln evro to‘lashadi. Ushbu mablag‘ning 3 millioni bonus hisobida bo‘ladi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra Kavani ertaga chorshanba kuni Madridga kelishi va “Atletiko”da tibbiy ko‘rikdan o‘tib, jamoa bilan shartnoma imzolashi mumkin.
Fikrlar