BEPUL PROPAN

Xabaringiz bor, O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyidagi FIFA kunlarida Qatar va KXDR bilan o‘ynaydi. Ushbu bahslarga Srechko Katanets 24 nafar futbolchini jalb qildi. Ulardan 12 nafari legioner bo‘lsa, yana shunchasi mahalliy chempionatimizda o‘ynaydigan futbolchilar.  

Sports.uz axborot portali siz muxlislarga futbolchilarimizning oktyabrdan so‘ng klublari safida o‘tkazgan o‘yinlari haqida ma’lumot beradi.

Darvozabonlar:

O‘tkir Yusupov: Eron chempionatda 3 ta o‘yin - 270 daqiqa;

Abduvohid Ne’matov: Superligada 3 ta to‘liq o‘yin, OChL 2da to‘liq o‘yin - 450 daqiqa;

Botirali Ergashev: Superligada to‘liq 3 ta o‘yin - 270 daqiqa;

Himoyachilar:

Hojiakbar Alijonov: Superligada 2 ta to‘liq o‘yin, bitta bahsda 45 daqiqa, Elit Chempionlar ligasi 2 ta to‘liq o‘yin;

Husniddin Aliqulov: Turkiya Superligasida 2 ta o‘yin - 171 daqiqa;

Rustam Ashurmatov: RPLda 3 ta to‘liq o‘yin, bitta 83 daqiqa - 353 daqiqa;

Umarbek Eshmurodov: Malayziya chempionatida 3 ta to‘liq o‘yin, OChL 2da bitta to‘liq o‘yin - 360 daqiqa;

Abduqodir Husanov: Frantsiya chempionatida 2 ta to‘liq o‘yin, bitta o‘yinda 59 daqiqa - 239 daqiqa;

Farrux Sayfiev: Superligada 3 ta to‘liq o‘yin - 270 daqiqa;

Umar Adhamzoda: Elitda 2 ta o‘yin (80 va 86) - 166 daqiqa;

Sherzod Nasrullaev: Superligada bitta o‘yin 69daqiqa, OChL 2da ikki to‘liq o‘yin - 249 daqiqa;

Yarim himoyachilar:

Abdulla Abdullaev: Elitda 2 ta to‘liq, Superligada 2 ta to‘liq - 360 daqiqa;

Aziz Turg‘unboev: Turkiya Superligasida 3 ta o‘yin - 139 daqiqa;

Odil Hamrobekov: Superligada 3 ta o‘yinda 202 daqiqa;

Abdurauf Bo‘riev: Elitda 2 ta to‘liq, Superligada 2 ta o‘yin - 353 daqiqa;

Jamshid Iskanderov: Superligada 3 ta o‘yin - 249 daqiqa;

Otabek Shukurov: Saudiya chempionatida 3 ta o‘yin - 256 daqiqa;

Akmal Mozgovoy: OChLda 2 ta to‘liq, Superligada 3 ta to‘liq - 450 daqiqa;

Hujumchilar:

Hojimat Erkionov: BAA chempionatida 2 ta - 151 daqiqa:

Jaloliddin Masharipov: Eron chempionatida 3 ta o‘yin, Elitda 2 ta - 377 daqiqa;

Oston O‘runov: Elitda 70 daqiqa;

Abbosbek Fayzullaev: Rossiya kubogida 2 ta o‘yin, RPLda 3 ta o‘yin - 323 daqiqa;

Eldor Shomurodov: Evropa ligasida bitta, A Seriyada 12 daqiqa - 49 daqiqa;

Bobir Abdixoliqov: Superligada 3 ta o‘yin, OChLda 2 ta o‘yin - 325 daqiqa.

Deyari barcha futbolchilarimiz o‘yin amaliyotiga ega bo‘lib etib kelmoqda. Oston O‘runov jarohatidan qaytdi va muxlislar uchun xushxabar.

Qatar terma jamoasi ustozi Markes Lopes esa quyidagi futbolchilarni chaqirdi. Tarkibida yagona legioner futbolchi bor. U ham bo‘lsa Ibragim Al-Xassan bo‘lib, Ispaniyaning "Calahorra" klubi futbolchisi hisoblanadi. 

  

O‘zbekiston terma jamoasining eng qimmat futbolchisi Abbosbek Fayzullaev bo‘lib, uning narxi 6 million evro. Akrom Afif esa Qatarning eng qimmat futbolchisi hisoblanadi va uning narxi ham 6 million evroni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, bu ikkala terma jamoalar so‘nggi bor Qatar yashil maydonlarida bo‘lib o‘tgan Osiyo kubogida to‘qnash kelgan va penaltilar seriyasida vakillarimiz imkoniyatni boy bergan edi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!