Kassano — Ronaldu haqida: Oldingi kabi o‘ynay olmayapsanmi, unda kareraningni yakunla!

  • 29 sentabr, 2022, 08:30
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Antonio Kassano Krishtianu Ronalduning futboldagi faoliyatini yakunlash vaqti keldi, deb hisoblamoqda.

Tecno

"Krishtianu oldingi kabi o‘ynay olmasligini tushunishi kerak. Agar avvalga kabi harakat qila olmasangiz, u holda karerani yakunlash vaqti keldi. U deyarli hamma musobaqada g‘alaba qozondi. Hech qanday shubha yo‘qki, Ronaldu fenomenal. Lekin to‘xtatish vaqti keldi, aks holda obro‘ingizni yo‘qotasiz", - deydi "Real", "Milan" va "Inter"ning sobiq hujumchisi.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu joriy mavsumda barcha turnirlarda faqat bitta gol urgan. Shuningdek, u o‘zi qatnashga hamma musobaqalardagi sakkizta o‘yinning atigi uch martasida asosiy tarkibda maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!