Karrager: "Sog‘lom fikrli muxlis bu JChda O‘zbekiston, Kabo-Verde, Tunis va Iordaniya kabi jamoalarning o‘yinini intiqlik bilan kutmaydi"
"Liverpul"ning sobiq yarim himoyachisi hisoblangan Jeymi Karrager 2026 yilda o‘tkaziladigan Jahon chempionatida ishtirok etuvchi ayrim jamoalarning darajasi haqida o‘z fikrini bildirib o‘tib, terma jamoamizni ham tilga oldi.
"Bu Mundialda albatta zerikarli o‘yinlar bo‘ladi. Sog‘lom fikrli inson Kabo-Verde, Iordaniya, O‘zbekiston yoki Tunisning o‘yinlarini intiqlik bilan kutmaydi", - deya gapirib o‘tdi angliyalik sobiq futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoamiz ham JCh-2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Navbatdagi FIFA kunlaridan so‘ng esa Jahon chempionatida ishtirok etuvchi 48 ta jamoa nomining 28 tasi aniq bo‘ldi.



Fikrlar