
Karpin O‘zbekistonga qarshi o‘yin oldidan mashhur futbolchini uyiga qaytarib yubordi
Rossiya milliy terma jamoasi “Paxtakor”da bo‘ladigan o‘yin oldidan yo‘qotishga uchradi.
Match TV jurnalistlarining xabar berishicha, TsSKA hujumchisi Fyodor Chalov Toshkentdan Moskvaga qaytib kelgan. Bosh murabbiy Valeriy Karpin O‘zbekistonga qarshi o‘yinda bu bu futbolchi xizmatidan foydalanmaydi.
24 yoshli hujumchi 17 noyabr kuni Tojikistonga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvning birinchi bo‘limida maydonga tushgandi.
Fyodor Chalov TsSKA tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O‘tgan mavsum bir necha oy mobaynida Shveytsariyaning “Bazel” jamoasida ham ijara asosida to‘p tepgandi.
Iste’dodli o‘yinchi Rossiya milliy terma jamoasiga 2019 yildan beri jalb etib kelinmoqda. Chalov hozircha to‘rtta uchrashuvda ishtirok etgan.
Fikrlar