Kanchelskis Oston O‘runov haqida ko‘p gaplar gapirdi

  • 4 mart, 2021, 11:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiyalik mutaxassis Andrey Kanchelskis YouTube kanalidagi ko‘rsatuvlarning birida Rossiya premer-ligasida harakat qilayotgan Oston O‘runov haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Oston juda yaxshi yigit. Mehnatkash, futbol o‘ynashni biladi. U o‘z jamoasini topishi kerak. “Spartak” uning jamoasi emas. Menimcha o‘yin uslubi jihatidan unga “Dinamo” yoki TsSKA mos tushadi. “Spartak” uning o‘yin uslubiga mos kelmaydi. Agar “Dinamo”ga o‘tsa, ishonchim komil, u avvalgidek yuqori saviyada o‘ynay oladi. Bu yigitning qobiliyati bor, jismonan baquvvat, yaxshi yuguradi, zarbasi bor, texnikasi ham juda yaxshi. Shunchaki, biz uni ko‘rmayapmiz. Chunki u “Spartak”da o‘ynamadi. Men shaxsan u bilan ishlaganman va u bilan birga ishlash menga juda yoqqan”, - dedi Kanchelskis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!