Jokovich tarixiy rekordga tayyorlanmoqda

  • 15 may, 2020, 14:16
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Novak Jokovich "Katta dubulg‘a" turkumidagi musobaqalarda eng ko‘p bosh sovrinni qo‘lga kiritish va ATP reytingining birinchi pog‘onasida boshqalarga nisbatan uzoq muddat qolishdek, rekordlarni o‘rnatishi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Tecno

"Men o‘z kuchimga doimo ishonaman. "Katta dubulg‘a" musobaqalarida rekord darajada g‘alaba qozonishimga va dunyoning birinchi raqamli tennischi sifatida boshqa tennischilardan ko‘ra, uzoq vaqt qolishimga ishonaman. Bu mening maqsadim. Hech qanday cheklovlarga ishonmayman. O‘ylaymanki, bu faqat xayolda bo‘ladi", – deydi N. Jokovich "In Depth" nashriga bergan intervyusida.

Serbiyalik tennischi ayni kunda "Katta dubulg‘a" turkumidagi musobaqalarda jami 17 bora bosh sovrinni qo‘lga kiritgan. Hozirda Novak mazkur sovrinlar bo‘yicha Rafael Nadaldan ikkita sovringa ortda qolayotgan bo‘lsa, Rojer Federer undan uchta sovrin ko‘proq yutib olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!