
Jeydon Sancho, Joau Feliks va Ansu Fati yilning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lishga nomzod
Globe Soccer Awards-2019 mukofotiga nomzodlar ro‘yxati e’lon qilindi.
Unga ko‘ra yilning eng yaxshi yosh futbolchisi nominatsiyasi uchun Anssumane Fati («Barselona»), Erling Xoland («Zaltsburg»), Jeydon Sancho («Borussiya» Dortumnd), Joau Feliks («Atletiko») va Kay Xaverttslar («Bayer») nomzod sifatida e’lon qilindi.
Ma’lumot uchun, Globe Soccer Awards mukofoti Evropa klublar assotsiatsiyasi (ECA) va Evropa futbol agentlari (EFAA) tashkilotlari tomonidan tashkillashtiriladi.
Eslatib o‘tamiz, Globe Soccer Awards-2019 tantanali marosimi 29 dekabr kuni Dubay shahrida o‘tkaziladi.
Fikrlar