
Jerrard: Futbol tarixida eng zo‘ri shu futbolchi!
Angliya terma jamoasi va “Liverpul”ning sobiq yulduzi Stiven Jerrard ayni paytda “Aston Villa”ni boshqarmoqda. Yosh mutaxassis bu jamoani mamlakatning etakchi klublari qatoriga qo‘shishga harakat qilmoqda.
Yaqinda Jerrard futbol tarixidagi eng zo‘r futbolchi kim ekanligi haqidagi savolga qisqa va lo‘nda qilib javob berdi.
Eng yaxshi futbolchi shubhasiz Lionel Messi, - dedi Stiven Jerrard.
Jerrardning o‘zi 1998-2015 yillar davomida “Liverpul” sharafini himoya qilgan. Shundan so‘ngi ikki yil davomida AQSh chempionatida o‘ynagan yarim himoyachi faoliyati “Los-Anjeles Gelaksi”da yakunladi.
Shundan keyin murabbiy faoliyatini boshlab, 2018-2021 yillar davomida Shotlandiyaning “Reynjers” klubiga ustozlik qildi.
Fikrlar