Jerrard: Agar Klopp "Liverpul" bilan bir umrlik shartnoma imzolasa...

  • 19 noyabr, 2021, 11:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozirda "Aston Villa" bosh murabbiyi hisoblangan "Liverpul"ning sobiq yarim himoyachisi Stiven Jerrard o‘zining qadrdon jamoasiga bosh murabbiy bo‘lish asosiy maqsadi emasligini ma’lum qildi.

Tecno

“Men butun diqqatimni “Aston Villa”ga qaratganman va bu erda ishlash imkoniyatini bergan barchaga rahmat. Bu kelajakda "Liverpul"dan joy olish uchun tramplin emas. Rostini aytsam, hozir ularda dunyodagi eng yaxshi mutaxassislardan biri ishlaydi. Agar Yurgen Klopp “Liverpul” bilan bir umrlik shartnoma imzolasa, men bundan juda xursand bo‘laman”, - deya javob berdi Jerrard matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, Jerrard “Aston Villa”dagi debyut uchrashuvini premer-liga doirasida "Brayton"ga qarshi o‘tkazadi. Ushbu bahs 20 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!