
"JCh-2026" saralashi. Qirg‘iz Respublikasi - O‘zbekiston uchrashuvini quvaytlik hakamlar boshqaradi
O‘zbekiston terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati 3-saralash bosqichi doirasida Qirg‘iz Respublikasiga qarshi o‘yin o‘tkazishidan xabaringiz bor.
Mazkur uchrashuvda kuvaytlik hakamlar brigadasi ishlaydi. Bosh hakam Ahmad al-Ali, unga qanotlarda hamyurtlari Abdulhadi al-Anezi va Ahmad Abbos yordam beradi. 4-rasmiy hakam sifatida esa Ammar Ashkanoni ishlaydi.
Shuningdek, Abdulloh Jamoli (Kuvayt) VAR hakami sifatida faoliyat yuritadi.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv ertaga, 10 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da Bishkek shahridagi “Dolen Omurzakov” stadionida start oladi.
Fikrlar