
Jarohat olgan Ronaldu maydonni ko‘z yoshlar bilan tark etdi
“An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu yangi jamoasidagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi.
Portugaliyalik yulduz jamoasi Arab chempionlari kubogi finalida “Al-Hilol” bilan kuch sinashdi.
Ronalduning dubli “An-nasr”ga kutilgan sovrinni keltirdi. Biroq, final qahramoni chap tizzasidan jarohat oldi. Krishtianu maydonni mustaqil tark eta olmadi. Tibbiyot xodimlari uni olib chiqib ketayotganida futbolchi ko‘z yoshlarini yashira olmadi.
“An-Nasr” o‘z tarixida ilk bor Arab chempionlari kubogi sohibiga aylandi. Bunda Ronalduning xizmatlari katta bo‘ldi.
Fikrlar