"Japan Open 2024". O‘zbekistonlik ikki yosh shaxmatchi ishtirok etayotgan turnir tafsilotlari
Yaponiyada xalqaro "Japan Open 2024" turniri davom etmoqda. Jami 7 turdan iborat mazkur musobaqada ayni vaqtda 4-tur uchrashuvlari yakuniga etgan. Qayd etish lozim, unda ikki nafar o‘zbekistonlik yosh shaxmatchi ishtirok etmoqda. Bular Asadbek Abdulazizov va Asilbek Abdulazizovlar hisoblanadi.

4-turda Asadbek Abdulazizov 1990 yilda tug‘ilgan va 1760 reyting baliga ega yaponiyalik Yuta Karasava bilan durang o‘ynadi. Mazkur shaxmatchi Asadbek tug‘ilmasidanoq o‘zining ilk reyting bahosini olgan.

Bundan tashqari, Asilbek Abdulazizov 4-turda Feng Venzega imkoniyatni boy berdi.

4-turdan so‘ng Asilbek Abdulazizov 2.5 ochko bilan 34-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, xuddi shuncha ochkoga ega Asilbek Abdulazizov 42-pog‘onani band etib turibdi.
Ta’kidlash kerak, 5-turda Asadbek Abdulazizov Yaponiya shaxmat federatsiyasi direktori Shinodo Taroga qarshi, Asilbek Abdulazizov esa Kimura Ryota bilan bahs olib boradi.
4-turdan so‘ng 4 ochko jamg‘argan Nanjo Ryosuke (Yaponiya) reytingda peshqadam bo‘lsa, xuddi shuncha ochko jamg‘argan xitoy taypeylik Li Yeh Yang 2-pog‘onani band etib turibdi.



Fikrlar