
Janubiy Koreyada Butunjahon jang san’atlari festivaliga start berildi
Qariyb bir hafta davom etadigan mazkur sport anjumanida dunyoning 50ga yaqin davlati vakillari sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradilar. Ular orasidan O‘zbekiston o‘zbek jang san’ati terma jamoasi ham o‘rin egallashgan. Bu haqda O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport vazirligi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Butunjahon jang san’atlari festivalining ochilish marosimi haqiqiy bayramona ruhda o‘tdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar ushbu festivalning sport olamida tutgan o‘rni va ahamiyati haqida to‘xtalib, barcha ishtirokchilarga bo‘lajak musobaqalarda omad va zafarlar tilashdi. Shundan so‘ng ochilish tantanalari uchun tayyorlangan musiqiy va teatrlashtirilgan sahnalar namoyish etildi. Biz esa o‘z oldiga doimo yuqori maqsadlarni qo‘yadigan sportchilarimizga bu yilgi festivalda ham ulkan zafarlar tilab qolamiz. Eslatib o‘tamiz, 2017-yil bo‘lib o‘tgan festivalda mamlakatimiz sportchilari umumjamoa hisobida faxrli 1-o‘rinni egallashgan edi.
Fikrlar