Janubiy Koreya bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qaraganda kamroq dam oldik. Biroq..."

  • 14 mart, 2023, 15:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi chorak final o‘yinlari yakuniga etdi. Ertaga yarim final bahslariga start beriladi. Bellashuvlar oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida Janubiy Koreya jamoasi bosh murabbiyi Kim Yong Jung ishtirok etib, quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

Tecno

"Bizda hammasi reja bo‘yicha ketmoqda. Men jamoamizning natijalaridan mamnunman. 

Ertaga ko‘plab muxlislari bilan maydonga chiqadigan mezbonlarga qarshi maydonga tushamiz. O‘yindan zavqlanib harakat qilishimiz kerak. Bellashuvga bor kuchimiz bilan tayyorgarlik ko‘ramiz va g‘alaba uchun qo‘ldan kelganini qilamiz. 

O‘zbekistonga qaraganda kamroq dam oldik. Shunday ekan bizda ozroq charchoq alomatlari bo‘lishi tabiiy. Ammo jahon chempionati chiptasini qo‘lga kiritib, ancha bosimdan xalos bo‘ldik.

Bizda hozir hech qanday ortiqcha yuklamalar yo‘q. Ertaga bor e’tiborimiz faqat uchrashuvga qaratiladi. Zafar quchish uchun bor kuchimizni ishga solamiz", - dedi mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!