
Janubiy Koreya bosh murabbiyi: "Ochig‘i, gol o‘tkazmaslikning alohida siri yo‘q"
20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi guruh bosqich 2-turidan o‘rin olgan Iordaniya - Janubiy Koreya uchrashuvida : hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida Janubiy Koreya jamoasi bosh murabbiyi Yun Jung Kim ishtirok etib, quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
"Bugun qiyin o‘yin bo‘lishini taxmin qilgandik. Sababi, Iordaniya jismoniy tomonlama kuchli jamoa ekanini ko‘rgandik. Oson bo‘lmadi, to‘g‘ri. Ammo g‘alabani qo‘lga kirita oldik.
Iordaniyaliklar himoyaviy tomondan yaxshi harakat qildi. Ular jismonan kuchliligi evaziga ilk bo‘limda biz juda qiynaldik. Raqib mudofaasini yorib o‘tish borasida bir qancha muammolarga duch keldik.
Ochig‘i, gol o‘tkazmaslikning alohida siri yo‘q. Biz g‘alaba uchun hujum qilishda davom etmoqdamiz. Hozircha gol o‘tkazmadik va bu bizning rejalarimiz o‘xshayotganidan dalolat beradi. Biroq yana bir bor eslatib o‘taman, o‘yin uslubimiz hujumkor futbol ko‘rsatishdan iborat.
Tojikiston safida ham yaxshi futbolchilar etarlicha. Ularga qarshi oson o‘yin bo‘lmaydi. Shunga qaramay, g‘alaba uchun maydonga tushamiz", - dedi mutaxassis.
Fikrlar