
Jaloliddin Masharipov mashg‘ulotlarga qaytdi
Avvalroq, "Al-Nassr" yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov jarohat olganligi haqida xabar bergan edik.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, legionerimiz bugundan yakka tartibda mashg‘ulotlarga kirishgan. Masharipov o‘zini yaxshi qilmoqda va navbatdagi turda maydonga tushishi mumkin. Riyodliklar 5 noyabr kuni safarda "Al-Shabab" mehmoni bo‘ladi.
28 yoshli futbolchi jarohati sababli chempionat doirasidagi "Al-Feyxa"ga qarshi bahsni o‘tkazib yuborgandi. Ushbu uchrashuvda "Al-Nassr" 1:1 hisobida durang o‘ynagan edi.
Fikrlar