Jahonning eng kuchli gandbolchisi kim?

CHERY AUTO

Tashkilot rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, ruminiyalik Kristina Nyagu ("Buxarest") yilning eng yaxshi ayol gandbolchisi deb topildi. Nyagu ushbu mukofotni to‘rtinchi bor qo‘lga kiritdi. Bunga qadar 30 yoshli sportchi 2010, 2015 va 2016 yillarda ham yilning eng yaxshi gandbolchisi deb topilgan edi. O‘tgan mavsumda u terma jamoasi bilan Evropa chempionatida yarim finalga qadar etib bordi va "Buxarest" safida Chempionlar ligasida yarim finalga qadar etib bordi.

Tecno

PSJ a’zosi Mikkel Xansen esa yilning eng yaxshi erkak gandbolchisi deb topildi. Bu sovrin daniyalik sportchi uchun uchinchisi bo‘ldi. Bunga qadar 31 yoshli gandbolchi 2011 va 2015 yillarda ham tengsiz bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!