Jahonning birinchi raketkasi mukofot jamg‘armasi 1 mln dollarlik turnirni g‘alaba bilan boshladi
2 soat 2 daqiqa davom etgan uchrashuvda 6:1, 4:6 va 6:3 hisobida yaponiyalik tennischining qo‘li baland keldi. U bahs davomida 7 ta eysni amalga oshirdi va 3 ta qo‘shxatoga yo‘l qo‘ydi.
Ikkinchi davrada Osaka qozog‘istonlik Yuliya Putintsevaga qarshi kortga chiqadi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilgi musobaqada chexiyalik Petra Kvitova g‘olib chiqqan edi.
Ma’lumot uchun, Birmingem Klassik turniri maysali kortlarda har yili muntazam tarzda o‘tkazib kelinadi. Ushbu turnirning mukofot jamg‘armasi 1 mln 06 ming AQSh dollarini tashkil etadi.



Fikrlar