Jahon kubogi. Yana 3 nafar hamyurtimiz final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tariladi

  • 4 aprel, 13:15
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Xabaringiz bor, 31 martdan 5 aprelgacha Braziliyada boks bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

World Boxing tashkiloti kubogining navbatdagi kunidan yarim final janglari o‘rin olgan. Hozirgacha 4 nafar vakilimiz final yo‘llanmasini hal etib bo‘lishdi. Bugun esa, 3 ta bokschimiz hal qiluvchi bosqich oldidan uchrashuvlarini o‘tkazadi.

Quyida juftliklar bilan tanishing:

-55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov - Jose Felipe (Gvatemala), soat 03:15 (5 aprel tongida);

-80 kg: Javohir Ummataliev - Dias Moljigitov (Qozog‘iston), soat 04:00  (5 aprel tongida);

-85 kg: Akmaljon Isroilov - Yakub Strashevski (Polsha), soat 04:45 (5 aprel tongida);

Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Bokschilarimizning natijasini bizning sayt orqali kuzatib boring.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!