
Jahon chempionatida qit’amizdan faqatgina O‘zbekiston va Janubiy Koreya bu vazifani uddaladi
Argentinada o‘tayotgan 20 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda. Ayni payt musobaqaning guruh bosqichi yakunlandi. Kuchlilar saralanib bormoqda.
Kichik mundialda Osiyo sharafini O‘zbekiston, Yaponiya, Iroq va Janubiy Koreya himoya qildi. Ulardan faqatgina ikkitasi - O‘zbekiston hamda Janubiy Koreya pley-offga yo‘l oldi.
Yaponiya (3 ochko) "S" guruhida Kolumbiya (7 ochko) va Isroil (4 ochko)dan so‘ng 3-o‘rinni egallab, guruhda qolib ketdi. Iroq "E" kvartetida kurash olib borib, Angliya (7 ochko), Urugvay (6 ochko), Tunis (3 ochko)dan so‘ng oxirgi pog‘onani band etdi. Osiyo kubogi finalida O‘zbekistonga qarshi maydonga tushgan Iroq jahon chempionatida g‘alaba qozona olmadi.
O‘zbekiston (4 ochko) "A" guruhidagi mezbon - Argentina (9 ochko)dan keyin ikkinchi bo‘ldi. Janubiy Koreya (5 ochko) ham "F" kvartetida Gambiya (7 ochko)dan so‘ng ikkinchi o‘rin bilan nimchorak finalga chiqdi.
Endi Ravshan Haydarov boshchiligidagi terma jamoamiz Isroil bilan kuch sinashadi. Uchrashuv 31 mayga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 02:00da boshlanadi. Janubiy Koreya esa Ekvador bilan o‘ynaydi. Bellashuv 2 iyun kuniga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 02:00da start oladi.
Fikrlar