
Jahon chempionati. Yana ikki nafar kurashchimiz sovrindor bo‘ldi
Bolgariyaning Samomov shahrida tashkil etilayotgan sport kurashlari bo‘yicha U-20 jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasining muvaffaqiyatli ishtiroki davom etadi. Ortda qolgan kun ikki nafar kurashchimiz shohsupaga ko‘tarildi.
-72 kg vazn toifasidagi bahslarda finalgacha etib borgan Ahmad Qodirov yakunda kumush medal bilan taqdirlandi. Shuningdek, -67 kgda Fayozbek Eshmirzaev bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Bu haqda MOQ xabar bermoqda.
Fikrlar