
Italiya nashri Shomurodov bugun asosiy tarkibda maydonga tushadimi yoki yo‘q, bunga javob berdi (Foto)
"Roma" bugun A Seriya 36-tur doirasida "Fiorentina" bilan kuch sinashadi. Ushbu bahs oldidan Italiyaning mashhur nashrlaridan biri "La gazzetta dello sport" jamoalarning taxminiy tarkiblarini tuzib chiqdi.
Unga ko‘ra "bo‘rilar"ning asosiy tarkib hujum chizig‘ida Temmi Abraxamning bir o‘zi harakat qiladi. Abraxamning ortida Nikolo Dzanolo va Lorentso Pellegrini to‘p tepadi. Hamyurtimiz Eldor Shomurodov zaxirada qoldirilgan.
"Roma"ni safarda qiyin uchrashuv kutmoqda. O‘yin qaysi telekanalda namoyish etiladi?
Joze Mourino shogirdlari ayni payt turnir jadvalida 59 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda. "Bo‘rilar"ning bugungi raqibi esa 59 ochko jamg‘argan holda 8-pog‘onani band etgan.
Fikrlar