
Isroil Madrimov va Mishel Soro jangi kutilmagan natija bilan yakunlandi (foto)
Professional boksning super yarim o‘rta vazn toifasida (69,8 kg) WBA Eliminator bahsi etib belgilangan Isroil Madrimov va Mishel Soro revansh jangi kutilmagan holat bilan yakunlandi. 3-raundda boshlar to‘qnashuvi natijasida Soro jarohat oldi va jang davom ettirilmaydigan bo‘ldi. Qoidaga ko‘ra, 4 raunddan oshmagan va jarohat bilan to‘xtatilgan jangda ochkolar bo‘yicha g‘olib aniqlanmaydi. Shu tariqa jang natijasi texnik durang deya e’lon qilindi.
Fikrlar