
Ispaniyada maoshi eng katta o‘yinchi kim va qancha olyapti?
L'Equipe jurnali Ispaniya chempionatida eng katta maosh olayotgan futolchilar reytingini tuzib chiqdi.
Unga ko‘ra, Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe La Liga xizmat haqi eng yuqori baholanayotgan o‘yinchi bo‘lib chiqdi.
“Real” mutasaddilari Mbappega har oy 2,67 million evro miqdorida maosh to‘lab bormoqda. Hujumchi Madrid klubi safiga o‘tgan yili yozda erkin agent sifatida qo‘shilgan edi. Avvalgi jamoasi PSJ Kilianga bundan katta maosh taklif qilgan bo‘lsa-da, hujumchi o‘z orzusidagi jamoaga o‘tishni ma’qul ko‘rgan.
Mbappe kelguniga qadar “Real”da eng ko‘p maosh Vinisius Juniorga berilar edi. Ayni paytda braziliyalik yulduz 2,5 million evro miqdoridagi oylik bilan ikkinchi o‘rinda turibdi.
Tabiiyki, Mbappe ham olayotgan pullarini oqlayapti. “Real”ga kelganidan beri barcha turnirlarda 43 ta uchrashuv o‘tkazgan yulduz 30 ta gol va to‘rtta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar