
Isak "Nyukasl" rahbariyatiga jamoani tark etmoqchi ekanligini ma’lum qildi
"Nyukasl"ni tark etishga harakat qilayotgan Aleksander Isakni jamoa rahbariyati tarkibda saqlab qolishga urinmoqda. Bu esa futbolchiga yoqmayapti. Avvalroq u ijtimoiy tarmoqlarda buni ma’lum qildi. Klub esa rasmiy sahifasi orqali ushbu holatga reaktsiya bildirgandi.
Fabritsio Romano xabar berishicha, Isak hali hamon "Liverpul"ga o‘tishni istaydi va buni rahbariyatga aytgan. Mersisayd klubi esa "Nyukasl"ning qarorini kutmoqda.
Ma’ulmot uchun, 25 yoshli straykerni "Nyukasl" 2022 yilda "Real Sosedad"dan 70 million evro evaziga sotib olgandi. U o‘tgan mavsum jamoa tarkibida 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 27 ta gol urgan va 6 ta assist amalga oshirgan.
Fikrlar