Iqboljon Xoldorovning raqibi ma’lum. U Meksikada jang qiladi

  • 12 may, 2022, 19:27
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

21 may kuni Meksikada professional boks kechasi tashkil etiladi. Biz uchun ahamiyatli jihati, ushbu boks oqshomida yurtimizning taniqli charmqo‘lqop ustalari Hasanboy Do‘smatov (4-0,4KO) hamda Iqboljon Xoldorov ringga ko‘tariladi.

Tecno

Hasanboy Do‘smatovning raqibi ma’lum bo‘lib ulgurgandi va bu borada bevosita saytimiz orqali xabar bergandik. Bugunga kelib, Iqboljonning ham raqibiga aniqlik kiritildi. 

Ya’ni, 21 may kuni hamyurtimizga mezbonlar vakili Ramon Barajas raqiblik qiladi. 

Ma’lumot uchun,  Barajas professional faoliyati mobaynida 41 ta jang o‘tkazgan va 14 ta g‘alaba,  27 ta mag‘lubiyat qayd etgan.  Xoldorovning ko‘rsatkichi esa,  2 ta jang va 2 ta g‘alabadan iborat.  Hamyurtiiz faoliyati mobaynida tanzaniyalik Kulva Bushiri (15-6-1,6KO) hamda Belarus vakili Dmitriy Miliushani (9-7-1,4 KO) muddatidan avval taslim etgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!