
"Inter"dan ketayotgan Kontega top klubdan taklif bor
Mavsumlar oralig‘ida "Inter"ni tark etishi kutilayotgan Antonio Konte "Yuventus"ga qaytishi mumkin, deya xabar bermoqda La Gazzetta dello Sport nashri.
Oldinroq, italiyalik mutaxassis "neradzurrilar" rahbariyatini tanqid qilgani ortidan uning "Inter"dan ketishi haqida gap-so‘zlar tarqalgan edi.
Manbada ta’kidlanishicha, agar Mauritsio Sarri mavsumlar oralig‘ida "keksa sinora" boshqaruvidan ketganidan bo‘lsa, unda "Yuventus" Konteni jamoa bosh murabbiyligiga taklif qilish ehtimoli yuqori.
Fikrlar