"Inter" Sancho transferi uchun kurashga qo‘shildi

  • 27 avgust, 18:06
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"TEAMtalk" tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, "Manchester Yunayted" hujumchisi Jeydon Sancho faoliyatini "Inter"da davom ettirishi mumkin.

Tecno

Manbalarning aytishicha, 25 yoshli angliyalik futbolchi hozirda jamoaning asosiy tarkibidan alohida tarzda mashg‘ulot o‘tkazmoqda va "Old Trafford"ni tark etishni juda xohlamoqda.

Avvalroq uning nomzodi "Roma" bilan ham bog‘langan edi, ammo Sancho Rimga yo‘l olishga qiziqish bildirmagan.

Ma’lumot uchun, angliyalik futbolchi 2021 yildan beri MYu sharafini himoya qilib kelmoqda. Transfermarkt portalida uning bozor qiymati 28 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!