
"Inter" Sanchesni sotib olmoqchi, biroq...
"Manchester Yunayted" forvardi Aleksis Sanches faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
The Independent nashrining xabar berishicha 30 yoshli chililik futblchiga “Inter”dan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. Biroq, “neradzurrilar” unga hozir MYu to‘layotgandek katta maosh to‘lashga tayyor emas.
Eslatib o‘tamiz, Sanchesning “Manchester Yunayted”dagi yillik maoshi 24-30 mln evroni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, Sanches joriy mavsum mankuanliklar safida jami 25ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar