
"Inter" Mourino bilan janjallashgan futbolchini sotib olmoqchi
"Inter" joriy yozgi transferlar davrida "Tottenxem" yarim himoyachisi Tangi Ndombeleni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano o‘zining tvitter sahifasida ma’lum qildi.
Neradzurrilar 23 yoshli frantsuz uchun katta mablag‘ to‘lamoqchi emas va shuning uchun uning transferiga Martselo Brozovich, Ivan Perishich yoki Milan Shkrinyardan birini qo‘shib bermoqchi.
Aytish kerakki, Ndombele va “shporlar” bosh murabbiyi Joze Mourino o‘rtasidagi munosabatlar yaxshi emas. Shu sababli ham futbolchi tezroq klubdan ketmoqchi.
Tangi o‘tgan mavsum “Tottenxem” safida 29 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar