
"Inter" mehmonda "Fiorentina"ni mag‘lubiyatga uchratdi
Italiya chempionati 21-turida "Inter" "Fiorentina" bilan bahs olib bordi va ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
O‘yin teng kurashlar ostida kechdi, lekin "neradzurrilar" hujumlarni gol bilan yakunlashda aniq harakat qildi. 32-daqiqada Nikolo Barella jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi. 52-daqiqada Ivan Perishich Ashraf Hakimining pasidan so‘ng, ochiq qolgan darvozani aniq nishonga oldi.
Ushbu g‘alaba evaziga "Inter" 20 o‘yinda 44 ochko bilan ikkinchi pog‘onadagi o‘rnini mustahkamladi, "Fiorentina" 21-turdan so‘ng, 22 ochko bilan 11-o‘rinda qoldi.
O‘yin saytimiz orqali matnli translyatsiya qilindi.
Fikrlar