“Inter” etti futbolchidan qutildi

  • 7 oktabr, 2020, 10:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Inter” jamoasi matbuot xizmati klub rahbariyati transferlar mavsumida etti nafar futbolchi bilan xayrlashganini ma’lum qildi.

Tecno

 Yarim himoyachi Kvadvo Asamoa va  darvozabon Tommazo Berni yangi shartnoma taklif qilinmagani bois, erkin agent sifatida jamoadan ketdi. Kristiano Biragi va Viktor Mozes ijara muddatini yakunlangani uchun “Fiorentina” va “Chelsi”ga qaytarildi.

Tajribali futbolchi Diego Godin yoshi o‘tib qolgani tufayli kamtarroq klub – “Kalyari”da o‘ynashni ma’qul topdi. Antonio Kandreva “Sampdoriya” taklifni qabul qilgan bo‘lsa, Borxa Valero “Fiorentina”ni tanladi.

“Inter” joriy mavsumda o‘z oldiga chempionlik uchun kurashishni maqsad qilib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!