
Insine "Napoli"dan ketishi mumkin
"Napoli" klubi vingeri Lorentso Insine yozda jamoasini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda.
“Balkim, men rad etolmaydigan jamoalardan takliflar bo‘lar. Ko‘p marta muvaffaqiyatga yaqin kelganman, ammo jiddiy bir yutuqqa erishmaganim meni ranjitadi”, - deydi italiyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, Insine “Napoli” safida 2009 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum A Seriyada jami 23ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 9ta gol hamda 6ta assist yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar