
Indzagi: "Biz “Barselona”ni hurmat qilamiz, lekin qo‘rqmaymiz"
"Inter" bosh murabbiyi Simone Indzagi Chempionlar ligasi yarim finali oldidan "Barselona"ga qarshi o‘yin bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.
– Jamoam o‘tgan haftada ideal o‘ynamadi, lekin oxirgi to‘rt yilda bajargan ishimiz buyuk. Ayrimlar hatto A Seriyadagi to‘rtlikka kirishimizni imkonsiz deb hisoblashgandi. Shuning uchun futbolchilarim va muxlislarim haqida hech qachon yomon gap aytmayman. Biz ular bilan birgalikda mo‘’jiza yaratdik.
– "Barsa"ni yaxshi bilamiz. Flik – juda yaxshi murabbiy va u jamoani juda yaxshi tashkil qilgan. Ularning hujumkor futbolchilari zo‘r va mo‘’jaz o‘yin namoyon etishadi. Bu jamoa vaqt o‘tishi bilan shakllangan va ko‘plab tarbiyalanuvchilarga ega. Ular ikki titulni qo‘lga kiritishdi va yana ikkitasi uchun kurashmoqda.
Biz ularni hurmat qilamiz, lekin qo‘rqmaymiz. Bu "Barselona"ga ham, "Bavariya", "Real", "Manchester Siti", "Arsenal"ga ham taalluqli. Ushbu turnirda ularning barchasi kuchli raqiblar. Biz esa yarim finalda haqiqiy "Inter"ni ko‘rsatmoqchimiz.
– Oxirgi haftada "Barsa" kubokni yutdi, sizlar esa muvaffaqiyatsiz seriyaga uchradingiz. Bu kayfiyatda farq yaratadimi?
– Balki kayfiyatda farq bordir, lekin o‘yinda hammasini ko‘rsatish mumkin. Menimcha, ular Evropaning to‘rt kuchli jamoasidan biri. Bu satrga "Arsenal" va PSJ ham kiritiladi, - deya o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi "nerazzurilar" murabbiyi.
Fikrlar