
Igor Sergeev "Tobol" safida 66 o‘yinda 26 ta gol urdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev “Tobol”dan ketdi. Tomonlar o‘zaro kelishuv asosida mehnat shartnomasini bekor qildi.
Sergeev Qozog‘iston klubi safiga 2021 yilda kelib qo‘shilgan edi. 30 yoshli straker klub safida 66 o‘yinda maydonga tushib, 26 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi. Bundan tashqari "Tobol" bilan birgalikda chempionatning oltin medallarini va Superkubokni qo‘lga kiritdi. "Sariq-yashillar" Igorga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirdi va kelgusi faoliyatida omad tiladi.
Ma’lumot uchun, mahoratli hujumchimiz Tailandning "Patxum Yunayted" klubi safiga borib qo‘shiladi.
Igor Sergeev: "Tobol”dan haydalganim haqida chiqayotgan xabarlar mutlaqo yolg‘on!"
Fikrlar