
Ibrohim No‘monov: "Qo‘qon-1912" jamoasining taklifi menga yoqdi va shu sababli ushbu jamoaga o‘tishga qaror qildim"
Yaqinda "Qo‘qon-1912" jamoasi bilan shartnoma imzolagan Ibrohim No‘monov bilan kichik intervyu tashkil etildi.
"Jamoaga "Qo‘qon-1912" bosh murabbiyi Muxsin aka Nizomiddinovning taklifiga ko‘ra kelishga qaror qildim.
To‘rt yil davomida "Mash’al" safida harakat qildim, buning uchun muborakliklardan minnatdorman. "Qo‘qon-1912" jamoasining taklifi menga yoqdi va shu sababli ushbu jamoaga o‘tishga qaror qildim. Xudo xohlasa, ushbu tanlovim to‘g‘ri bo‘lib chiqadi. O‘zim Farg‘onada tug‘ilib o‘sganman. Viloyatim jamoasida to‘p surish men uchun har tomonlama yaxshi bo‘ladi deb umid qilaman.
Kelayotgan mavsumda mendan kutilayotgandan yaxshiroq harakat qilib, "Qo‘qon-1912" jamoasi bilan Superligaga qaytishni va muxlislarni xursand qilishni niyat qilyapman", - dedi 27 yoshli vinger.
Fikrlar