Husanovdan keyin “Manchester Siti”ga yana bir xushxabar keldi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov klublar miqyosida “Manchester Siti” sharafini himoya qilayotgani bois, sports.uz portali ushbu klubga oid yangilik, xabar va ma’lumotlarni o‘quvchilar e’tiboriga havola qiladi.
“Manchester Siti” murabbiylar shtabi va jamoa muxlislari Abduqodir Husanovning jarohatdan qutilib, safga qaytgani haqidagi xushxabar ta’siridan chiqmay turib, tibbiyt bo‘limidan yana bir yangilik keldi.
Jamoaning eng muhim o‘yinchilaridan hisoblangan Rodri ham salomatligini tiklab yana mashg‘ulotlarga kirishish uchun ruxsat oldi.
Bu haqida taniqli insayder Fabritsio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali xabar qildi.
“Oltin to‘p” sohibi hisoblangan 29 yoshli ispan futbolchisi Angliya chempionatining 7-turidan o‘rin olgan “Brentford”ga qarshi uchrashuvda tizzasidan shikastlangan edi va uning ham tiklanish jarayoni xuddi Husanovniki kabi kutilganidan uzoqroqqa cho‘zildi.
Rodri “Manchester Siti”ga 2019 yili Madridning “Atletiko” klubidan ko‘chib o‘tgan. Mahoratli tayanch yarim himoyachisi ustozi Xosep Gvardiola qo‘l ostida klublar miqyosidagi deyarli barcha nufuzli sovrinlarniga ega chiqdi.
Xoland “jinnicha” gollari sirini ochdi
Zamonamizning eng zo‘r hujumchilaridan hisoblangan Erling Xoland to‘purarligi va samarador o‘yini sirini ochdi. 25 yoshli futbolchi gollar ortida mashaqqatli mehnat yotganini ma’lum qildi.
Xoland “Manchester Siti” va Norvegiya terma jamoasi safida oxirgi 14 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 24 marotaba ishg‘ol qildi. Erling joriy mavsumning o‘zida to‘purarlik bo‘yicha bir necha rekordlarni yangiladi.
Norvegiyalik hujumchi shu darajadaga chiqish faqatgina mashg‘ulotlarga emas, bir necha boshqa omillarga ham bog‘liq ekanini ta’kidladi.
- Menda tabiatan egiluvchanlik yaxshi shakllangan. Ayniqsa, son qismida shunday. Gollar urishim uchun aynan mana shu xususiyatimni saqlab qolishim talab etiladi. Yo‘qsa, qanday qilib to‘p kiritishim mumkin?
Shunaqa “jinnicha” gollarni urishim uchun menga yaxshi darajada egiluvchanlik va harakatchanlik kerak. Bu haqiqatan juda muhim.
Odamlar doim uchrashuvlar, gollar, nishonlashlarni tomosha qiladi, biroq buning ortida soatlab davom etadigan tayyorgarlik jarayonlarini his qilmaydi. Ana shu mashaqqatli mehnat hozir qilayotgan ishlarim poydevori hisoblanadi. Muxlislar mening mana shu jihatlarimni ham yoqtirishiga umid qilaman, - dedi Erling Xoland.
Ta’kidlash lozimki, Erling Xoland o‘z turmush tarzini jiddiy tarzda nazorat qiladi. Doim qat’iy dietaga amal qiladi, ovqalishda maxsus steyk va xom sut iste’mol qilishga alohida urg‘u beradi. Baquvvat hujumchi ko‘pincha o‘zi taom tayyorlashni ma’qul ko‘radi.
Gvardiol futbolni tashlab ketmoqchi bo‘ldi
“Manchester Siti”ning universal himoyachilaridan Yoshko Gvardiol ilgari futbolni tashlab, basketbol bilan professional darajada shug‘ullanishni reja qilganini aytib o‘tdi.
“Manchester Siti” xorvatiyalik himoyachini olish uchun 2023 yili “Leyptsig” klubiga 77 million funt o‘tkazib bergan. Bu summa Gvardiolni jahon futbolidagi eng qimmat ikkinchi himoyachiga aylantirdi.
Biroq Yoshko uchun bu darajaga ko‘tarilish oson bo‘lmagan. 16 yoshida “Dinamo Zagreb”da o‘ynab yurgan Gvardiol birdan futboldan lazzat olmay qo‘ydi.
- Men futbolni tashlamoqchi bo‘ldim. Chunki menga basketbol ham yoqardi. Futboldagi kelajagimdan umidim so‘nggan edi, maydondagi mashg‘ulotlarda o‘zimni baxtiyor his qila olmayotgandim.
Men o‘zimni baxtli his qilish uchun boshqa echim topishga urinardim, atrofimdagi barcha do‘stlarim basketbol o‘ynardi.
Tabiiyki, professional futbolchi bo‘lishni orzu qilganman. Lekin bunaqa uzoqqa bora olaman, deb o‘ylamaganman. Agar besh yil avval mendan “2023, 2024, 2025 yilda o‘zingni “Manchester Siti”da ko‘ra olasanmi?”, deb so‘raganingizda buning hech qanday imkoni yo‘q, dagan bo‘lardim, - dedi Yoshko Gvardiol VVS jurnalistlari bilan suhbatda.



Fikrlar