
Humoyun Sultonov ham bosh sovringa yaqinlashmoqda
Tailandning Nontaburi shahrida tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida o‘tayotgan musobaqada Humoyun Sultonov ikkinchi o‘yinini o‘tkazdi.
Turnirning 1/8 final bosqichida yosh tennischimiz ukrainalik Vladislav Orlovni har ikkala setda bir xil tay-brekda taslim qildi.
Endi Humoyun yarim final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan o‘yinda Xitoy Taypeyi vakili Chun Xsin Tsengga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar