
"Humo" muxlislari uchun xushxabar
Evgeniy Popixin shogirdlari bugun VXL muntazam chempionati doirasida "ORJI", KRS-BSU va "Tseng Tou" klubilariga qarshi bahs olib borish uchun Xitoyga uchib ketishdi. E’tiborlisi, bosh murabbiy chin yurtiga 26 nafar xokkeychi bilan yo‘l oldi.
Ular orasidan "Humo" sardori, 77-raqam egasi Aleksandr Sherbina ham o‘rin olganligini e’tirof etish joiz. Eslatib o‘tamiz, kkki oydan buyon jarohati bois jamoasiga yordam bera olmagan Sherbina kecha "Tseng Tou"ga qarshi (4:2) Toshkentda kechgan bellashuvda muzga tushgan edi.
Darvozabonlar: Pavel Nechistovskiy, Roman Golovanov, Roman Smiryagin;
Himoyachilar: Aleksey Pepelyaev, Igor Merejko, Nadir Islyamov, Gleb Letov, Vsevolod Sorokin, Arseniy Eroxin, Roman Tatalin, Sergey Ilin, Konstantin Gavrilenko;
Hujumchilar: Artyom Voroshilo, Semyon Valuyskiy, Arslan Axmetyanov, Pavel Sinyavskiy, Andrey Smirnov, Evgeniy Grigorenko, Pavel Zdunov, Pavel Novojilov, Ivan Yatsenko, Aleksandr Sherbina, Mixail Anisin, Platon Popov, Denis Erkin, Anton Bogatskiy.
Ma’lumot uchun, toshkentliklar 23 noyabr kuni "ORJI", 25 noyabr kuni KRS-BSU jamoasi mehmoni bo‘lsa, oradan ikki kun o‘tib "Tseng Tou" "Humo"ni qabul qiladi.
Fikrlar