Atigi ettita gol urgan hujumchining narxi 135 million evroga ko‘tarildi

  • 28 avgust, 2023, 19:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Brayton” klubi o‘z yarim himoyachisi Moyses Kaysedoni “Chelsi”ga rekord summa – 116 million evroga sotganidan keyin yanada qimmatroq transferni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Tecno

Todomercado nashrining ma’lum qilishicha, “Brayton” xo‘jayinlari 18 yoshli hujumchi Evan Fergyusonni 135 million evroga qo‘yib yuborishga tayyorligini bildirdi.

Bu futbolchi Germaniya chempioni “Bavariya” va Angliyaning bir necha grand klublarini nishonida turibdi.

Irlandiyalik futbolchi Angliya Premer-ligasidagi debyut mavsumida oltita to‘p kiritgan edi. Yangi chempionatning ikkinchi turida “Vulverxempton” darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi.

Fergyusonning o‘zi yana bir mavsum “Brayton”da to‘p tepib, o‘sishda davom etishni ma’qul ko‘rmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!