
Hujumchining bu ishidan himoyachilar o‘lgudek qo‘rqadi
Angliya terma jamoasi sobiq himoyachisi Rio Ferdinand “Real” hujumchisi Vinisius Juniorning o‘yini raqibga katta muammo tug‘dirishini izohlab berdi.
Taniqli futbolchi braziliyalik iste’dod egasini mashhur hamkasblari – Kilian Mbappe va Erling Xoland bilan solishtirdi. Bundan tashqari, Markus Reshford va Bukayo Saka imkoniyatlariga yuqori baho berdi.
- Hozir Vinisius Mbappe va Xolanddan bir pog‘ona pastda. Shunday emasmi? Reshford va Saka ularning darajasiga etishga harakat qilmoqda.
Lekin Vinisius Chempionlar ligasi saviyasiga javob beradi va jamoasining muhim ijrochisi sifatida bu turnirda g‘olib chiqadi.
Zamonaviy futbolda eng muhim sifat – tezlik. Tezlik raqibni “o‘ldiradi”. Vinisiusning tezligi har qanday himoyachiga qo‘rquv soladi. Chunki Vinisius tezligidan qanday foydalanishni biladi. Ajoyib futbolchi, - dedi Rio Ferdinand.
Fikrlar