Hozirda Neymar A Seriya klubida o‘ynayotgan bo‘lishi mumkin edi
Italiyaning "Napoli" klubi 2025 yilning yanvar — may oylarida Neymarni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqqan. Bu haqda "La Gazzetta dello Sport" nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, klub prezidenti Aurelio De Laurentis va bosh murabbiy Antonio Konte braziliyalik futbolchining transferi jamoa o‘yini hamda muxlislar orasidagi qiziqishga qanday ta’sir ko‘rsatishini batafsil tahlil qilgan.
Shunga qaramay, bu reja amalga oshmay qolgan. Bunga asosiy sabab sifatida jamoa ichidagi muvozanatni saqlash va chempionlikdan so‘ng birdamlikni yo‘qotmaslik zarurati ko‘rsatilgan.
Ma’lumot uchun, 33 yoshli hujumchi 2025 yil boshidan beri Braziliyaning "Santos" jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. "Transfermarkt" portali ma’lumotiga ko‘ra, uning hozirgi transfer qiymati 11 million evroni tashkil etadi.



Fikrlar