
Hosep Gvardiola: "Arsenal bizga doimo muammo bo‘lib kelgan"
Pep Gvardiola "Arsenal"ga qarshi o‘ynash qiyinchiliklari haqida gapirdi.
“Ularning futbolchilari bo‘yi balandroq va baquvvatroq. Hujumga o‘tishda tez va himoyada juda kuchli. Ularning qanotlarida ajoyib yuguruvchi futbolchilari bor va Magalyans va Saliba doimo Erling Xolandga e’tibor qaratishadi. Shuning uchun ularga hujum qilish juda qiyin.
Ular 2024-yilda birorta ham mehmonda mag‘lub bo‘lishmagan. Bu shunchaki bir yoki ikkita o‘yin emas. Ular barqaror harakat qilishmoqda va gol o‘tkazib yuborishmadi. "Arsenal"ga qarshi o‘yinlarni intiqlik bilan kutaman. Chunki har bir o‘yin oldingi o‘yindan yaxshiroq o‘ynash va o‘ylash imkoniyatidir. Raqiblar yaxshiroq o‘ynasa, har doim o‘z o‘yiningizni o‘zgartirish uchun imkoniyatga ega bo‘lasiz", - dedi "Manchester Siti" bosh murabbiyi.
Fikrlar