
Hamyurtimiz Al-Aynni "yondirdi"
Ayni paytda BAA ning Al-Ayn shahrida aralash yakkakurashlar bo‘yicha "UAE Warriors 58" turniri bo‘lib o‘tmoqda.
Etiborlisi, unda umidli MMA jangchilarimizdan biri Akbarjon Islomboev mazkur promoushendagi ikkinchi jangini o‘tkazdi. Bahs hamyurtimizning katta ustunligida kechdi va yakunda Islomboev niderlandiyalik Dan Dujisni hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub etdi.
Ma’lumot uchun, ushbu g‘alabadan so‘ng Islomboevning rekordi 10-1 ga etdi.
Fikrlar