Hamidjon Aktamov: Hakamlar o‘yinni buzib qo‘yishdi

  • 12 dekabr, 2020, 16:30
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Kubogi chorak finali "Paxtakor" "Qizilqum" o‘rtasidagi bahsdan (1:0) so‘ng mehmonlar ustozi Hamidjon Aktamov o‘yin haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Bugun qiziqarli o‘yin guvohi bo‘ldik. Hakamlar haqida yana gapirishga majburman. Chunki ular qator xatolarga yo‘l qo‘ydi.

Mag‘lubiyatga loyiq o‘yin bo‘lmadi. Bahs qo‘shimcha taymga borishi mumkin edi, biroq "Paxtakor" bizning bitta xatomizni gol bilan jazoladi.

Hozirgi tarkibimizni mavsum boshida shakllantira olganimizda chempionatni kuchli uchlikda yakunlashimiz mumkin edi. Jamoa o‘yini topib olishi uchun vaqt talab qilindi, endi barchasi joyiga tushayotganida, mavsum yakunlanib qoldi. Keyingi yilda yaxshiroq natija qayd etishga harakat qilamiz.

Hakam o‘yinni buzib qo‘ydi, 50/50 vaziyatlarda ham o‘yinni to‘xtatdi. To‘g‘ri, "Paxtakor" chempion, ammo bugungi bahsda "Paxtakor"ni tanimadim", - deydi Aktamov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Дилшод Даврлнов
12/12/2020 19:28
Пахтакор хакамларни сотиб олган хар доимгидек Буларни пули булмаса бир тийн