Gvardiolaga xushxabar
Angliya premer-ligasi koronavirus tufayli bir necha o‘yinchilari bekor qilganidan xabaringiz bor.
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ham virus yuqtirganlikda gumon qilindi. Uning birinchi testi shubhali natija berdi. Shifokorlar ispaniyalik mutaxassisni qayta tekshiruvdan o‘tkazib, test oldi.
Ikkinchi test natijasi Gvardiolani xursand qildi va unga koronavirus aniqlanmadi. Endi 50 yoshli murabbiy “Nyukasl” bilan bo‘ladigan navbatdagi tur o‘yinida shogirdlarini maydonga o‘zi olib tushadi.
Avvalroq, Gvardiolaning o‘zi klubning bir necha xodimi koronavirus yuqtirgani haqida xabar bergan edi.



Fikrlar