Gvardiola Manchester derbiyasidagi mag‘lubiyatga kim aybdor ekanini aytdi

  • 16 dekabr, 2024, 08:56
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” Angliya Premer-ligasining 16-turida o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida “Manchester Yunayted”ni qabul qilib, qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi.

Tecno

Xosep Gvardiola shogirdlari uchrashuvning 88-daqiqasigacha hisobda oldinda borib, o‘yin yakunlanishi arafasida ikkita to‘p o‘tkazib yubordi.

Uchrashuvdan keyin Xosep Gvardiola o‘z fikrlarini bildirdi.

- Hozircha shu erdaman. Hammasiga o‘zim javobgarman. Menga mag‘lubiyatni biror harakat yoki o‘yinchiga bog‘lab gapirish juda oson bo‘lardi. Ammo futbol jamoaviy o‘yin.

Gaplarimni to‘liq ongli ravishda aytyapman. Men shogirdlari tanasi va ongida o‘zgarish qilish va masalaga echim topish borasida yaxshi murabbiy emasman. Lekin o‘zgarish qilishni istayman va bunga qayta-qayta urinaveraman, - dedi 53 yoshli ispaniyalik mutaxassis.

Ta’kidlash joizki, Xosep Gvardiola shogirdlari oxirgi 11 ta uchrashuvdan sakkiztasida imkoniyatni boy berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!