Gvardiola: Husanovni xatolar uchun almashtirganim yo‘q

  • 26 yanvar, 01:42
  • Karim Xudayqulov
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

APL 23-turidan o‘rin olgan "Manchester Siti" - "Chelsi" bahsi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvda "shaharliklar" 3:1 hisobida zafar quchdi. 

Manchesterliklar safida Gvardiol, Xoland hamda Foden gol urgan bo‘lsa, "aristokratlar"ning yagona goli Madueke tomonidan kiritildi. Qayd etish lozim, legionerimiz Abduqodir Husanov mazkur bellashuvda 52 daqiqa harakat qildi. 

Bellashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida "shaharliklar" ustozi Pep Gvardiola Husanov nima sababdan almashtirilganiga to‘xtalib o‘tdi: 

- Men Husanovni xatolar uchun emas, sariq kartochkasi borligi uchun almashtirdim. Shuningdek, Jon Stounz oz bo‘lsa-da o‘ynashi muhim edi. Sababi, u endi jarohatdan qaytdi va o‘yin ritmiga tushib olishi kerak. Bilasiz, Marmush, Husanov va Vitor o‘sha uchrashuvda o‘ynay olmaydi.

- Husanov ingliz tilini bilmaydi. Shuning uchun men u bilan gaplasha olmayapman. Yaxshi, unda men rus yoki o‘zbek tilini o‘rganaman.  

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
болтаев навруз
26/01/2025 21:54
Гвардола буни биларди
болтаев навруз
26/01/2025 21:52
Хаммаси яхшиликда агар хусанов гол утказмаганда сети уч та гол ура олмарди



Baxil Alihuja
26/01/2025 02:34
Хусанов дебют учун яхши уйнади. хали янада яхшиланиб боради.
Bobur G'ulomov
26/01/2025 09:42
Шу охирги гапни айтмаган бўлса керак Гвардиола
Pardayev Shavkat
26/01/2025 13:11
Бизни "газетчи"лар айткизишади.