Gvardiola alamli mag‘lubiyat sababini aytdi

  • 8 mart, 22:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-Ligasi 28-turidan o‘rin olgan “Nottingem Forest” va “Manchester Siti” o‘rtasidagi uchrashuv ko‘plab muxlisu mutaxassislar diqqat markazida bo‘ldi.

Tecno

Agar Xosep Gvardiola shogirdlari safardan uch ochko bilan qaytsa, musobaqa jadvalida uchinchi o‘ringa ko‘tarilib olardi. Biroq o‘yinda ustunlik “shaharliklar” tomonida bo‘lganiga qaramay, “o‘rmonchilar” bir gol bilan g‘alabani ilib ketdi.

Bellashuvdan keyin Xosep Gvardiola mag‘lubiyatga munosabat bildirdi.

- Murosasiz o‘yin bo‘ldi. Biz Vudga uzatilgan uzun paslarni va tez hujumga o‘tish variantlarini nazorat qilib turdik. Ana shunday vaziyatda ikkinchi bo‘limda bir bor bo‘sh o‘ynadik va Xadson-Odoi hujumni gol bilan yakunladi.

“Nottingem Forest”ga qarshi o‘ynash oson emas, shuning uchun ham bu jamoa Angliya Premer-ligasi jadvalida yuqorida bormoqda.

Birinchi bo‘limda bizda uch-to‘rtta qulay vaziyat bo‘lgandi. Bellashuvning ikkinchi yarmida esa, o‘yin katta bosim ostida va nisbatan sekin bo‘ldi. Biz chiziqlardan o‘tish va bo‘sh hudud topishga qiynalyapmiz, - dedi Xosep Gvardiola.

“Manchester Siti” navbatdagi uchrashuvini 15 mart kuni “Brayton”ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!